"Barselona" 178 millionlik hujumchini sotib olmoqchi

Alisher
23 mar 2025, 18:07
"Barselona"da bir ovozdan "Nyukasl" forvardi Aleksander Isakni jamoaga mos deb hisoblashmoqda.

Shvetsiyalik futbolchi kataloniyaliklar uchun ustuvor variant hisoblanadi. Takidlanishicha, "ko'k-anorranglilar" vakillari o'tgan yili ham Isakning agenti bilan uchrashgan. Tomonlar muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishmadilar, ammo ijobiy kayfiyatda qolishdi.

Aleksander Isak joriy mavsum "Nyukasl" safida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va va 5 ta assist qayd etdi. Shvedning klub bilan mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. OAV ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl" o'z hujumchisi uchun kamida 178 mln evro olmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: sport.es