"Barsa" Gavi tizzasidan olgan jarohatidan so'ng safga qaytganini e'lon qildi. Xavbek avgust oyidan beri o'ynamadi

Alisher Ostonov
14 mar 2026
"Barselona" Gavi tarkibga qaytganini e'lon qildi.

21 yoshli xavbek La Ligada "Sevilya"ga qarshi o'ynashi mumkin.

Gavi avgust oyidan beri tizzasidagi muammolar tufayli o'ynamadi va sentyabr oyida operaciya qilindi. Avvalroq futbolchi tizzasidagi xochsimon boylami yirtilgani sababli bir yilga yaqin maydonga tusha olmagan edi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fcbarcelona.com