BAA chempionati. "Xorfakkan" mehmonda ishonchli g'alabaga erishdi. Amonovdan debyut gol!

Alisher
24 fev 2024, 20:35
BAA chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Xatta" - "Xorfakkan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekistonlik futbolchilar to'p tepayotgan "Xorfakkan" jamoasi BAA chempionatining 14-turi doirasida "Xatta"ga qarshi bahs olib bordi.

Aziz Amonov va Abdulla Abdullaev mehmonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushishdi va bahsni to'liq o'tkazishdi.

Qayd etish kerakki, "Xorfakkan" hujumchisi Aziz Amonov 22-daqiqada Ahmadning uzatmasidan so'ng gol urgan holda jamoasi uchun ishonchli hisobni taminladi.


"Xatta" - "Xorfakkan" 0:2

Gollar: Raniel (1), Amonov (22).


BAA TURNIR JADVALI



AlisherMuallif
Manba: championat.asia