Manba: "Inter" rahbariyati hakamlik mojarosi bo'yicha tergovga aloqador emas

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 13:05
Jurnalist Tankredi Palmerining so'zlariga ko'ra, "Inter" va klub rahbariyati FIGC Hakamlar komissiyasining sobiq rahbari Janluka Rokkining xatti-harakatlari bilan bog'liq hakamlik mojarosi bo'yicha tergovda ishtirok etmaydi.

Bu ma'lumot Palmeriga Milan prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan. Shuningdek, barcha gumondorlar FIGC Hakamlar komissiyasi bilan bog'liqligi va tergov to'rt-beshta o'yinga tegishli ekani xabar qilinmoqda.

25 aprel kuni Janluka Rokki "Inter" ishtirokidagi o'yinlarga hakamlarni tayinlashda mumkin bo'lgan qoidabuzarliklar uchun tergov qilinayotgani xabar qilindi. Milan prokuraturasi tergov boshlaganidan so'ng mutaxassis FIGC Hakamlar komissiyasi rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi.

26 aprel kuni "Inter" ikkinchi divizionga tushib ketishi va ikkita sovrindan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/tancredipalmeri