

Jurnalist portugaliyalik yulduz o'zining maqomini suiistemol qilmasligi kerakligini ta'kidladi.
"Ronaldu o'z o'rnini bilishi kerak. Bu er Saudiya Arabistoni, "Ronaldu Arabistoni" emas. U bu erdagi maoshini Yevropada hech qachon olmagan. U ligani hurmat qilishi yoki ketishi kerak", - deydi Al Faraj.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu so'nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) olib borayotgan siyosatdan norozi bo'lib, "Al Nassr" mashg'ulotlari va o'yinlarini o'tkazib yubormoqda. Agar Krishtianu ligani tark etsa, bu chempionatning nufuzi va marketingiga katta zarba bo'lishi kutilmoqda.



