Azizbek G'aniev jarohati haqida fikr bildirdi

12 iyun 2026, 10:27
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Azizbek G'aniev JCHga tayyorgarlik, jarohati va tekshiruvlar haqida fikr bildirdi.

"Atlantadagi yig'inni ham boshlab oldik. Barchasi joyida. Kanadaga qarshi uchrashuvda oyog'imdan ozgina jarohat oldim, shifokorlarimiz tezkorlik bilan muolajalarni boshlashdi va hozirgi paytga kelib ancha yaxshi holatdaman. Xudo xohlasa, tez orada umumiy guruhga qo'shilaman. Murabbiyimiz maksimal darajada ruhiy, jismoniy va taktik jihatdan ishlamoqda.

Tashkiliy masalalar bo'yicha hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Hammaning o'z qonun va qoidasi bor deb o'ylayman. Ular ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan tekshirishdi, bu - oddiy holat".

- Ikki yil avvalga qaytadigan bo'lsak, o'zingiz ushbu Jahon chempionatida ishtirok etishingizga qanchalik ishongandingiz?

O'zimga ishongandim, ishonch bilan harakat qildim. Avvalgi murabbiyning taktikasiga to'g'ri kelmagan ekanmiz, mana, yangi bosh murabbiyning falsafasiga to'g'ri kelgan holda, terma jamoamiz safida maksimal darajada foydam tegishi uchun harakat qilmoqdaman.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia