Bernardu Silva nima uchun "Barselona"ga o'tishdan bosh tortgani ma'lum bo'ldi

12 iyun 2026, 09:15
"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona" bilan o'tish borasida kelishib olgandi.

Biroq "ko'k-anorranglilar" 31 yoshli futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmasligini ma'lum qilishgan. Bu haqda "El Chiringuito" jurnalisti Xose Alvares Gayya o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning takidlashicha, Kataloniya klubi o'z poziciyasini o'zgartirmoqchi emasdi, hattoki boshqa klublar Bernarduni ilib ketishga harakat qilgan taqdirda ham. Chunki "Barselona" tarkibi yarim himoya chizig'ida etarlicha raqobatga ega va yaxshi shakllangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq ommaviy axborot vositalarida portugaliyalik futbolchi Madridning "Real" klubi taklifini qabul qilgani va u erga erkin agent maqomida o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito