Ayollar o'rtasidagi JCH-2019. Barcha chorak finalchilar ma'lum va ularning orasida Osiyodan birorta ham jamoa yo'q

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2019, 02:00
Fransiyada davom etayotgan ayollar o'rtasidagi sakkizinchi jahon chempionatining nimchorak final bahslaridan so'ng, keyingi bosqichga yo'l olgan barcha terma jamoalar ma'lum bo'ldi.

Qayd etish joizki, musobaqada Osiyo qitasidan qatnashgan 5ta termaning birortasi ham ¼ finalga chiqa olmadi. Avstraliya, Xitoy hamda Yaponiya nim chorak finalda mag'lub bo'lgan bo'lsa, Tailand hamda J.Koreya guruh bosqichidan o'ta olmadi. Shuningdek, Afrika qitasi vakillari ham mundial bilan erta hayrlashishdi. 

Demak, chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

28 iyun (Toshkent vaqti bilan)

00:00 | Norvegiya – Angliya

29 iyun

00:00 | Fransiya – AQSH

18:00 | Italiya – Gollandiya

21:30 | Germaniya – Shvetsiya


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia