Ayollar futzali. Osiyo Kubogi saralashida Avstraliya bilan bir guruhdan o'rin oldik

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2024
Futzal bo'yicha ayollar Osiyo kubogi saralash bahslari uchun qur'a tashlandi.

Futzal bo'yicha ayollar Osiyo kubogi saralash bahslari uchun qur'a tashlash marosimi yakuniga etdi. Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida tashkillashtirilgan marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00da start olgandi.

Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "S" guruhida Turkmaniston, Avstraliya, Filippin va Quvaytga qarshi to'p tepadi. 

Eslatib o'tamiz, 4 ta guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamolar (8 ta) Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Yana bir yo'llanma guruhlarda 3-o'rinni olganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan termaga nasib etadi. 

Xabaringiz bor, Osiyo kubogi final bosqichida 12 ta jamoa ishtirok etadi. Saralashdan chiqqan 9 ta jamoaga mezbon Xitoy, amaldagi Osiyo chempioni Eron va amaldagi Osiyo vice-chempioni Yaponiya qo'shiladi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia