Ayollar futboli. Yaponiya - U-16 Osiyo chempionati chempioni

Xayrulla Xoliqov
29 sen 2019, 10:23
15-28 sentyabr kunlari Tailandda ayollar futboli bo'yicha U-16 Osiyo chempionati o'tkazildi.

8ta jamoa ishtirok etgan ushbu musobaqada Yaponiya U-16 terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Yaponiyalik qizlar finalda KXDR ustidan 2:1 hisobida zafar quchishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Xitoy Avstraliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. 

Musobaqada ishtirok etgan jamoalar: Tailand (mezbon), KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Vetnam, Xitoy, Bangladesh.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com