

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Janubiy Koreyaga 0:4 hisobida yutqazdi. Shunday qilib koreyslar Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi, qizlarimiz esa qita chempionatidan chetda qolishdi.
Ma'lumot uchun, bundan oldin O'zbekiston ham, Janubiy Koreya ham Mo'g'ulistonni bir xil 12:0 hisobida mag'lub etgandi.








