Axbor Imomxo'jaev xotira turniri. O'FA hakamlarni mag'lub etdi, Paxtakor faxriylari so'nggi soniyada "Championat.asia" bilan durang o'ynadi

Khoja
8 iyul 2024, 07:31
Kecha Bunyodkor akademiyasi maydonida Axbor Imomxo'jaev xotira turniriga start berildi.

Musobaqaning ilk kuni Ravshan Irmatov boshchiligida O'FA jamoasi hakamlardan tashkil topgan O'zFHM jamoasini 7:0 hisobida aslim etdi. "Championat.asia" nashri esa Paxtakor faxriylariga qarshi kechgan bahsning so'nggi soniyalarida g'alabani qo'ldan chiqardi va bahs 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bahsda jamoamiz hujumchisi Tolibjon Qosimov xet-trik qayd etdi. Musobaqa nizomiga ko'ra, durang natijadan so'ng penaltilar seriyasi tashkil etildi va bunda tajribali futbol faxriylari jurnalistlarni mag'lub etishdi.

Uchrashuvda jamoalar 5+1 ko'rinishida maydonda harakat qilishdi

Kechagi uchrashuv natijalari bilan tanishing.

Sulola - Jurnalistlar 12:1

Sport TV - "Kun.uz" 1:5

O'zFHM - O'FA 0:7

Tong 2 - O'zPFL 0:1

Paxtakor - "Championat.asia" 3:3 (4:1 pen.seriya)

Paxtakor: Pavel Bugalo, Abdumajid Toirov, Akmal Shorahmedov, Sobir Xodiev, Shuhrat Maqsudov, Murod Aliev, Ravshan Rajavov, Adham Samigov.

"Championat.asia": Mirjalol Normatov, Zoir Tursunboev, Jasurbek Aslanov, Oqil Abdubarnoev, Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev, Omonjon To'xtamirzaev, Sherzod Nurmatov, Abdulvosit Bektemirov, Bolat Bekdibekov, Nikoyal Egorichev, Nig'monxo'ja Nozimov, Gayrat Xasbiullin, Narzulla Saydullaev.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia