

Tarkib "Opta Index" - futbolchilarning asosiy statistik ko'rsatkichlarini hisobga oluvchi o'rtacha reyting asosida shakllantirildi. Shu sababli ramziy jamoaga, masalan, Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise va Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya kiritilmadi - ularning indeksi boshqa nomzodlarnikidan pastroq bo'lib chiqdi.
"Opta Sports" talqiniga ko'ra JCH-2026 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon
- Gregor Kobel (Shveytsariya) - darvozasiga yo'llangan aniq golli zarbalarni qaytarish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega (3,3).
Himoyachilar
- Pedro Porro (Ispaniya) - ikkita gol urdi, o'yindan uzatilgan havodagi paslarbo'yicha yetakchi (24).
- Pau Kubarsi (Ispaniya) - himoyachilar orasida aniq paslar berish bo'yicha yetakchi (671), turnirdagi barcha daqiqalarni maydonda o'tkazdi.
- Lisandro Martines (Argentina) - Argentina terma jamoasida aniq paslar berish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich egasi, shuningdek, samarali harakat bilan ham ajralib turdi ("gol+pas" tizimida).
- Mark Kukurelya (Ispaniya) - qanot himoyachilari orasida aniq paslar (382) va maydonning raqib tomon uchinchi qismiga uzatilgan aniq paslar (142) bo'yicha eng yaxshisi.
Yarim himoyachilar
- Rodri (Ispaniya) - bitta jahon chempionatida aniq paslar berish bo'yicha rekord o'rnatdi (756), chiziqlar o'rtasidagi uzatmalar (122) va to'p bilan oldinga yurishlar (164) bo'yicha yetakchi.
- Djud Bellingem (Angliya) - ettita gol urdi, bunda u yo'llagan zarbalarning 37 foizi golga aylandi.
- Leandro Trossard (Belgiya) - ikkita gol va ikkita golli uzatma, o'yindan zarba berish uchun sheriklariga pas uzatish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich (17).
Hujumchilar
- Lionel Messi (Argentina) - turnirning ikkinchi to'purari (sakkizta gol), zarba berish uchun pas uzatish bo'yicha yetakchi (25).
- Kilian Mbappe (Fransiya) - JCH-2026ning eng yaxshi to'purari (10 ta gol) va jahon chempionatlari tarixidagi eng ko'p gol urgan rekordchi futbolchi (jami 22 ta gol).
- Erling Xoland (Norvegiya) - ettita gol urdi, shu bilan birga butun turnir davomida to'pga atigi 120 marta tegindi.



