"Atletiko" Kolarovni xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2018
"Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes jamoani tark etsa, "matraschilar" "Roma" futbolchisi Aleksandr Kolarovni xarid qilishga urinib ko'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kolarov Madrid klubi ustozi Diego Simeone e'tiboriga tushib qoldi. "Atletiko" 33 yoshli futbolchi borasida Rim klubiga so'rov jo'natdi.

Oldinroq, "Bavariya" 22 yoshli Ernandesni 80 mln. evro evaziga sotib olmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia