

"Jamoaga turli omillar ta’sir qilishi mumkin va ularning har biri o'zgacha ta’sir ko'rsatadi. Agar o'yinning o'zini oladigan bo'lsak, jamoamizga xos bo'lgan o'z kuchiga bo'lgan ishonch, ushbu bahsni qanday boshlaganimiz va avvalgi o'yinlar seriyamizni hisobga olsak, sodir bo'layotgan voqealar ustidan nazoratni tezda yo'qotish juda oson edi.
Biroq, bizning reakciyamiz jamoada ichki ishonch, jamoaviy ruh va birdamlik borligini ko'rsatdi. Futbolchilar maydonda bunday vaziyatlar bilan yakkama-yakka qolganlarida, vaziyatni o'nglash yo'lini o'zlari topishlari kerak. Va o'ylaymanki, biz buni etarlicha yaxshi uddaladik.
Biz mag'lub bo'ldik va bu natijadan xafamiz, ammo bunday epizodlarni turlicha engib o'tish mumkin. Mening nazarimda, umuman olganda biz bundan munosib o'tdik. Bu o'zimizga bo'lgan ishonchni mustahkamladi va bizni kuchliroq qildi.
Muayyan sharoitlarda bunday sinovlar jamoani jipslashtirishga qodir va bizning vaziyatimizda joriy hafta davomida aynan shunday bo'ldi. Futbolchilar hozirda juda yaxshi ruhiy holatdalar", - deydi Kerrikning so'zlarini BBC nashri.



