"Atletiko" futbolchisi jarohati bois Argentina terma jamoasidan Madridga qaytadi

Alisher
9 sen 2024
Xuan Musso jarohat sabab Argentina terma jamoasidan "Atletiko"ga qaytadi.

Darvozabon belidagi jarohat sabab milliy jamoa ixtiyorini tark etdi. Musso Kolumbiyaga qarshi JCH-2026 saralashi doirasidagi o'yinda ishtirok etolmaydi.

Darvozabon Madridga qaytadi, u erda Mussoni "Atletiko" tibbiy xizmati ko'rik o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Musso shu yozda "Atletiko" tomonidan ijaraga olindi. Marca'ning xabariga ko'ra, darvozabonning "matraschilar" bilan shartnomasida u 25tadan ortiq o'yin o'tkazsa, klubda qolishi haqida band bor.


AlisherMuallif
Manba: Marca