

Pandemiya tufayli Britaniya va Ispaniya o'rtasidagi aviaqatnovlardagi cheklovlar sabab mazkur bellashuv neytral maydonga ko'chiridi.
Tomas Tuxel “aristokratlar” boshqaruvida YCHLdagi debyutini o'tkazadi. Toshkent vaqti bilan 24 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadigan bahs oldidan “Angliya futboli” storisida so'rovnoma o'tkazildi. Unda 55 foiz ovoz londonliklarga berildi, “matraschilar” foydasiga esa 45 %!

Ma'lumot o'rnida, ushbu jamoalar shu vaqtgacha o'zaro 7 uchrashuvda bir-biriga qarshi to'qnash kelgan. Natijalar esa tenglikni ko'rsatmoqda – “Atletiko” (2 g'alaba), “Chelsi” (2 g'alaba) hamda 3 durang.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!



