"Atletiko" 22+4 mln evro evaziga italiyalik futbolchini xarid qildi

Alisher Ostonov
11 avg 2025
Jakomo Raspadori "Atletiko" futbolchisiga aylandi.

Madrid klubi "Napoli" hujumchisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar.

Avvalroq bitim qiymati 22 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi. Yana 4 million bonus sifatida berilishi mumkin.

Raspadori o'tgan mavsum A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



Alisher OstonovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com