Asilbek Aliev: "Aybdor ekanimni tan olaman va chin dildan afsusdaman"

Administrator
19 noya 2025
Futbolchi qizil kartochkaga izoh berdi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Asilbek Aliev Italiyaga qarshi Jahon chempionati nimchorak final uchrashuvida qizil kartochka oldi. Raqibning provokaciyasi qurboni bo'lgan futbolchi maydonni tark etayotganda bosh murabbiy Islom Ismoilov unga juda qattiq tanbeh berdi. Asilbek o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida barchasi uchun uzr so'radi.

"Aybdor ekanimni tan olaman va chin dildan afsusdaman. Iltimos, meni tushunish va kechirishga harakat qiling", -deb yozadi Asilbek Aliev.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia