

Hozircha transfer rasman e'lon qilinmagan bo'lsa-da, "Arsenal" germaniyalikni 65 mln evro evaziga sotib olishi aniq bo'lib ulgurgan. "Kanonirlar" murabbiyi ham transferni tasdiqlamadi, lekin ishlar yakunlab qolganini aytib o'tdi.
"Kay YCHLda g'olib bo'lib, ko'p jihatlarini ko'rsatib bera olgandi. U iqtidorli, ko'p qirrali futbolchi. Endigina 24 yoshga kirgan.
Iqtidor doimo qadrlanadi. "Arsenal"da esa tajribali yoshlar ko'proq ezozlanadi", - dedi Arteta.
Xavertc 2020 yildan buyon "Chelsi"da o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u 47 o'yinda 9 gol urdi.



