"Arsenal"ning yurishi "Yuve" rejasini buzib yubordi

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022
London klubi himoyachi Gabriel Magalyaesh bilan shartnoma muddatini uzaytirganini e'lon qildi.

Braziliyalik futbolchi 2027 yilga qadar "to'pchilar" a'zosi bo'lib qoladigan bo'ldi. Bu shuni anglatadiki, "Yuventus" yangi markaziy himoyachi izlashni boshqa yerdan davom ettirishiga to'g'ri keladi. Bu Turin klubining qiziqishi yakun topganini bildiradi.

24 yoshli himoyachi Magalyaesh ushbu mavsum "Arsenal" safida APL va Yevropa Ligasiada 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN