

Himoyachi Londonga qaytmoqda, u yerda uning holati "Arsenal" tibbiy xodimlari tomonidan o'rganiladi.
"U maydonga tushishga harakat qildi, ammo baribir o'ynolmaydigan bo'ldi", – dedi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo.

"Arsenal" xodimlari futbolchining ahvoli haqida xabardor qilingan va jiddiy muammolar kutilmayapti.
23 yoshli Kalafori ushbu mavsum "to'pchilar" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.



