"Arsenal" "Sautgempton"ga qarshi yoshlarni maydonga tushiradi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2014, 20:00
Londonning "Arsenal" klubi Angliya liga kubogi 3-bosqichi doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi o'yinni yarim zaxira tarkibda o'tkazadi.
"Kanonirlar" ustozi Arsen Venger uchrashuvda Ektor Bellerin, Ayzek Xeyden, Chuba Akpom va Semi Adjayi kabi yoshlar tushishini ma'lum qildi. Bundan tashqari jarohatini davolab bo'lgan Abu Diabi ham uchrashuvda qatnashishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru