"Arsenal" qanotni kuchaytirmoqchi, lekin Martinelli qoladi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2025, 19:49
"Arsenal" chap qanot hujumchisi qidirmoqda.

Biroq vinger Gabriel Martinellini sotish niyatida emas.

24 yoshli braziliyalik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. "Al Nassr" ham uni sotib olish imkoniyatlarini muhokama qilgan, biroq rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Martinelli Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishni o'ylamayapti, chunki u JCH-2026da Braziliya terma jamoasi tarkibidan joy olishni maqsad qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports