

Bu haqda "Express" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, londonliklar 24 yoshli germaniyalik uchun kurashda favorit hisoblanadi. Avvalroq futbolchi transfer oynasining so'nggi soatlarida "Manchester Yunayted"dan tushgan taklifni rad etgandi. Yarim himoyachiga "Bavariya" va "Real" ham davogarlik qilmoqda.
Shtiller 2024/25 yilgi mavsum barcha turnirlarda 47 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 38 million evroga baholamoqda.



