"Arsenal" Chexning o'rniga boshqa posbon topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
15 mar 2019
"Arsenal" "Bernli" darvozaboni Nik Poupni jamoaga jalb etmoqchi.

"The Sun" xabariga ko'ra, "kanonirlar" ushbu mavsumda faoliyatini tugatadigan Petr Chexning o'rniga boshqa posbon qidirmoqda.

Poup 2016 yildan buyon "Bernli" sharafini himoya qilmoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2020 yilda yakunlanadi. Nikning transer narxi 10 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsumda posbon 3 o'yinda qatnashdi va 5 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun