"Arsenal" Bayi va Keyxillga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
12 dek 2018, 18:15
"Arsenal" qishki transfer oynasida himoyachi sotib olishni niyat qilgan.

London klubi "Manchester Yunayted" futbolchisi Erik Bayi va "Chelsi" himoyachisi Gari Keyxillni nishonga olgan. "To'pchilar" himoyachi sotib olib, joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydigan Rob Xolding o'rnini to'ldirishmoqchi.

Oldinroq, Xolding 6 oydan 9 oygacha futbol o'ynay olmasligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN