"Arsenal" "Barselona" futbolchisining transferidan voz kechdi

Mirjalol Normatov
19 apr 2019
"Barselona" futbolchisi Samyuel Yumtiti "Arsenal"ga o'tmaydigan bo'ldi.

"Goal" xabariga ko'ra, londonliklar himoyachi uchun "Barselona" talab qilayotgan 70-90 million evroni to'lay olmaydi. Chunki "Arsenal" yozda transferlar uchun 80 million ishlatishni rejalashtirgan.


Shuningdek, Yumtitining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda 25 yoshli himoyachi "Barselona" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq "kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emerining shaxsan o'zi jamoaga Yumtiti kerakligini aytib o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal