Arsenal APLda noyob natija qayd etdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2024
Londonning Arsenal klubi APL 26-turida Nyukaslni yirik hisobda (4:1) mag'lub etdi.

Opta Sport xabariga ko'ra, Arsenal APL tarixida ketma-ket 7ta o'yinda 2ta va undan ko'p gol ura olgan birinchi klubga aylandi. Ushbu seriya Liverpul (3:1) bilan o'yinda boshlangandi, keyinroq Vest Xem Yunayted (6:0) va Byornli (5:0) bilan bahslarda davom etdi.

Ayni paytda Arsenal 26ta o'yindan 58 ochko to'plab, 3-o'rinda bormoqda. Keyingi turda Arsenal Sheffild Yunayted bilan to'qnash keladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Opta Sport