

Manbaning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda, bu esa futbolchi uchun jiddiy raqobat yaratishi shubhasiz.
"Nottingem Forest" Anderson bilan 100 million funtdan ortiq to'lov evaziga xayrlashishga tayyorligi aytilmoqda.
Anderson joriy mavsum barcha musobaqalarda 41 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi va 3 ta golli pas uzatdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining transfer qiymati taxminan 60 mln evroni tashkil qiladi.



