"Xorazm" sobiq ustozi qirg'iz jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
26 may 2026, 13:45
O'zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Hakim Fuzaylov “Qirg'izoltin” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

“Qirg'izoltin” jamoasi ayni paytda 2 ochko bilan so'nggi, 16-o'rinni egallab turibdi.

61 yoshli tojikistonlik mutaxassis "Lokomotiv", "Dinamo", "Buxoro" va "Xorazm" jamoalarini boshqargan.

Eslatib o'tamiz, Hakim Fuzaylov avval ham Qirg'izistonda ishlagan. U 2020 yil bir muddat “Kaganat”da faoliyat yuritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/tengelbes