“Arsenal“ 19 yoshli futbolchi uchun kurashda “Chelsi“ni "engdi"

Khoja
16 iyun 2025
“Ayaks“ himoyachisi Yorrel Xato faoliyatini APLda davom ettiradi.

Futbolchi uchun kurashda “Arsenal“ “Chelsi“ni mag'lub etdi. Futbolchining transferi yaqin kunlarda hal bo'ladi. “To'pchilar“ 19 yoshli futbolchining transferi uchun 50 million evro to'lashadi. Futbolchining o'zi bilan esa 6 yillik shartnoma imzolanadi.

Yorrel Xato o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru