Arsen Venger "Arsenal"ning yetakchiligi haqida: "Siti" hozir o'tgan mavsumlardagidek zo'r formada emas, qolganlar raqib bo'lolmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
14 fev 2023, 13:09
Arsen Venger "Arsenal" bu mavsum Angliya Premer-Ligasida g'olib bo'la olishi to'g'risidagi savolga javob berdi.

"Men "ha" degan bo'lardim, sababi odatda Premer-ligada xavfli bo'lgan jamoalarning hammasi poygadan chiqib ketgan, yagona raqib – bu "Siti". Qolganlar raqobat qila olmaydi.

Hattoki "Siti" ham hozir o'tgan yili yoki ikki yil avvalgi darajasida o'yin ko'rsatmayapti. Ayniqsa bu mavsum avvalgilari bilan solishtirganda "Siti" himoya chizig'ida zaiflashdi", – dedi "Arsenal"ning sobiq ustozi beIN Sports efirida. 




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia