Arne Slot hakamlardan norozi: "Laynsmen bayroqni ko'tarish uchun 13 soniya vaqt sarfladi"

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025, 13:12
"Manchester Siti"ga safarda 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o'yindagi asosiy voqealardan biri - "qizillar"ning hisobga olinmagan goli bilan bog'liq vaziyatdan norozi bo'ldi.

"Menimcha, noto'g'ri qaror qabul qilingani aniq va ravshan, hech bo'lmaganda mening fikrimcha. Chunki u [Endi Robertson] darvozabonga [Virjil van Deykning bosh bilan bergan zarbasidan keyin] xalaqit bermadi.

O'yindan so'ng darhol menga o'sha hakam [Kris Kavana] o'tgan mavsum "Vulverxempton"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinida hisobga olgan gol ko'rsatildi. Birga bir o'xshash holat.

Yon hakam bayroqni ko'tarishi va ofsayd qayd etishi uchun ham 13 soniya vaqt sarfladi.

Umuman olganda, bugungi bahs bizniki edi deb aytolmayman. 1:1 hisobidagi durangdan keyin nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz, lekin obektiv qaraganda "Manchester Siti" yaxshiroq jamoa edi", – dedi mersisaydliklar ustozi.

Epizod videosini ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror