Arda Turan futbolchilik faoliyatini yakunladi

Оқил Абдубарноев
12 sen 2022
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Arda Turan faoliyatini yakunladi.

Futbolchi ushbu qarorini Instagramdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

35 yoshli yarim himoyachining so'nggi klubi oxirgi ikki mavsumni o'tkazgan "Galatasaroy" bo'ldi. Turan aynan shu jamoada professional faoliyatini boshlagan.

Qolaversa, yarim himoyachi "Istanbul", “Barselona” va “Atletiko” klublarida ham to'p surgan.

Turan Ispaniyaning 2 karra chempioni hisoblanadi. U "Barselona" va "Atletiko Madrid" bilan bir martadan La Liga chempionligini qo'lga kiritgan.

Shuningdek, Kataloniya jamoasi bilan ikki marta Ispaniya kubogi va bir marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan, Madrid jamoasi bilan esa bir marta Ispaniya kubogi va Superkubogi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogi sohibiga aylangan.

Arda Turkiya terma jamoasi safida 100 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan hamda 2008 yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori bo'lgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/ardaturan