"Aral Samali" loyihasi bir yilga ham yetmadimi? Qoraqalpog'istonga katta futbol kerak emasmi?

Narzulla Saydullayev
6 okt 2021, 12:39
Xabaringiz bor, Qoraqalpog'istonning "Aral Samali" klubi 2021 yilgi mavsumni istisno tariqasida Pro ligada o'tkazmoqda.

2020 yilning 2 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Nukusga tashrifi chog'ida "Aral Samali" jamoasini qo'llab-quvvatlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish haqida qaror loyihasi tayyorlansin. Agar kun kelib "Aral Samali" Superligada o'ynay boshlasa men ham butun qoraqlpoq xalqi bilan birga jamoaga muxlislik qilaman", - deb aytgandi. 



Jamoaga e'tibor o'zgarishi uchun umid paydo bo'ldi va "Aral Samali" 2021 yilgi mavsumni Pro ligada boshladi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2 oktyabr kuni Aral samali U-14, U-16, U-18 jamoalari bilan musobaqada o'ynay olmasligi borasida xat jo'natdi. Xatda asosiy tarkibning ham safar uchrashuvlarida ishtirok etishi ham so'roq ostida ekani ko'rsatilgan.

O'z-o'zidan Qoraqalpog'istonga katta futbol kerakmi yoki yo'qmi degan savol paydo bo'ladi. 


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia