APL. “Arsenal” derbida avtogollar va Lyakazettning aniq zarbasi evaziga 0:3 ni 3:3 ga aylantirdi!

Eldor Akmurzayev
21 mar 2021
Angliya chempionati 29-turidan o'rin olgan "Vest Xem" – "Arsenal" bahsi dramatik tarzda o'tib, jangovar natija bilan tugadi.

Avvaliga mezbonlar Jessi Lingard, Jarrod Bouen va Tomash Souchekning gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga o'tib olishdi. 

Undan so'ng Souchek keyin esa “Vest Xem”ning yana bir futbolchisi Kreyg Douson o'z darvozasiga to'p kiritib yuborib, “Arsenal” hisobni qisqartirishiga ko'maklashib yubordi. 

Vanihoyat, 82-daqiqada Aleksandr Lyakazett raqib darvozasini ishg'ol etib, “to'pchilar”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi – 3:3.

"Vest Xem" – "Arsenal" 3:3 (3:1, 0:2)

"Olimpiya stadion"

Gollar: 1:0 – 15 Lingard, 2:0 – 17 Bouen, 3:0 – 32 Souchek, 3:1 – 38, avtogol Souchek, 3:2 – 61, avtogol Douson, 3:3 – 82 Lyakazett.

"Vest Xem" – Fabianski, Kressuell, Diop, Coufal, Douson, Lingard, Rays, Benraxma (Frederiks, 79), Souchek, Bouen (Nobl, 74), Antonio.

"Arsenal" – Leno, Chembers, Tirni, David Luiz, Mari, Jaka (Smit-Rou, 74), Parti, Saka (Pepe, 74), Edegor, Lyakazett, Obameyang (Martinelli, 81).

Ogohlantirishlar: Coufal (59), Antonio (88), Kressuell (89), Lyakazett (90).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia