APL. "Chelsi" - "Liverpul" va "Manchester Yunayted" - "Lids" o'yinlari qoldiriladi

Оқил Абдубарноев
12 sen 2022, 21:56
Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning dafn marosimi Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvlariga ham ta’sir qiladi.

Yaqin soatlarda "Chelsi" - "Liverpul" va "Manchester Yunayted" - "Lids" o'yinlari qoldirilishi kutilmoqda. Boshqa muddatga ko'chiriladigan o'yinlar ro'yxati kengayishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, o'tgan dam olish kunlari Angliyada futbol bahslari o'tkazilmagandi. Sababi, 8 sentyabr kuni Britaniya qirolichasi Elizaveta II vafot etgandi.

Shuningdek, dushanba kuni tushdan keyin Yevropa ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan “Arsenal” – PSV o'yini boshqa muddatga qoldirilgani ma'lum bo'ldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail