Antoni Marsyal: "Klubda uzoq vaqt qolmoqchiman"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2017
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal klubdan kyetish niyatida emasligini aytib o'tdi.

"Men bu klubni yaxshi ko'raman. Men "Manchester Yunayted"ni va uning muxlislarini yaxshi ko'raman. Ishqibozlar tomonidan mana shunday qo'llash borligidan baxtliman. O'z navbatida, ular ham mening o'yinimdan hayratlanishlari va xursand bo'lishlari uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Men xohlaydigan yagona narsa - klubda imkon qadar uzoqroq qolish", - deydi Marsyal.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.ru