Angliya terma jamoasini ayol murabbiy boshqarishi mumkin?!

Omonjon To`xtamirzayev
18 avg 2023
Angliya Futbol assotsiatsiyasining ijrochi direktori Mark Bullingem mamlakatning ayollar terma jamoasi ustozi Sarina Vigmanning ehtimoliy kelajagi haqida gapirdi.

Avstraliya va Yangi Zelandiyada o'tkazilayotgan ayollar o'rtasidagi JCHda inglizlar musobaqa finaliga chiqishdi. Eslatib o'tamiz, 20 avgust kuni ular Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushishadi.

"Uning ishidan, natijalardan juda mamnunman va umid qilamanki, Sarina uzoq vaqt davomida yuqori darajada ishlay oladi. Vaqti kelib, u chindan erkaklar futboliga o'tishni istasa, bu juda qiziqarli bo'lardi. 

Ha, yana bir bor takidlayman. Bizning fikrimizcha, Sarina ishini qoyillatib bajarmoqda va biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Bizning ham erkaklar, ham ayollar terma jamoalarimizda bosh murabbiy kursisi bo'sh qolsa, biz, o'yinlarni, musobaqalarni yuta oladigan, eng munosib insonni tanlaymiz. Agar ayol kishi erkaklar milliy termasini boshqarishi manfaatli bo'lsa, nega buni amalga oshirmaslik kerak?"


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: SkySports