Angliya kubogi. “Man Siti”ning 2 asosiy futbolchisi bugungi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Eldor Akmurzayev
16 apr 2022, 09:55
Angliya kubogi yarim finalida “Manchester Siti” Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

“Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola o'yin oldidan kadrlar muammosiga to'xtaldi.

“De Bryuyne va Uokerning holati bugun aniq bo'ladi. Kevinning oyog'ida chok bor, bu mushak bilan bog'liq jarohat emas. Uokyerda esa kuchli yallig'lanish bor, ammo u yaxshilanib bormoqda", deydi Gvardiola.

Kevin de Bryuyne va Kayl Uoker YCHL 1/4 final “Atletiko”ga qarshi javob bahsida jarohat olib, zaxiraga olinishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport