Anelka "Real"dagi Mbappe haqida: "Unga qarasam, 25 yil avvalgi holatimni eslayman"

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024, 10:26
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Nikolya Anelka "qaymoqranglilar" safida Kilian Mbappe duch kelayotgan muammolar haqida gapirdi.

"Mbappe jiddiy bosimga duch keldi. O'ylashimcha, unda ruhiy tomondan muammolar mavjud. Kilian ishlashda davom etishi va sabrli bo'lishi zarur. Klub unga ishonch bildirdi, oradan esa hali yarim yil ham o'tmadi. Mbappega qararkanman, 25 yil avvalgi o'zimni ko'rgandek bo'laman. Men yaqindagina YCHLni yutgan "Real"ga kelgandim. Klub prezidenti bu transferni juda istagan, lekin jamoada menga joy topilmasdi. Menda ham xuddi shunday muammolar bo'lgan, farqimiz men o'shanda 20 yoshda edim. Bu kabi holatlarda sabrli bo'lish muhim. Men o'zimni kutishmagan kiyinish xonasiga borib qo'shilgandim. Mavsum davomida exxe nimalar bo'lib o'tmagan. Natijada, men kyetishga qaror qilganman. Kilianning xarakteri boshqacha. U sabrli bo'lishga, kutishga rozi bo'lishi mumkin".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com