Andijonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida “O'FA Kubogi” musobaqalari final bosqichi o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2018
19-21 iyun kunlari Andijon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilar o'rtasida futbol bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasi Kubogi mazkur musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tadi.

18 iyun kuni “Sho'rbuloq” futbol akademiyasida  qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'FAning respublika va viloyat mutasaddilari, jamoalar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdilar. Yig'ilish davomida musobaqaning o'tkazish tartibi va boshqa tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.

Futbol bahslari 19 va 21 iyun kunlari soat 19:00da Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi.        

Elmurod Ermatov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia