

Bir necha soatlardan so'ng Toshkentda "Bunyodkor" va "Andijon" jamoalari to'qnash keladi.
Jamoalar shu kungacha chempionat doirasida 25 marotaba uchrashishgan. O'zaro uchrashuvlarda ustunlik mutloqo "qaldirg'ochlar" tomonida 19 g'alaba. Tomonlar 6 o'yinda durangga imzoch chekkan. Toshkentda o'tgan 12ta uchrashuvning 11tasida mezbonlar 3 ochkoga ega chiqqanini aytishimiz mumkin. Faqat 1ta o'yinda "burgutlar" ortga ochko bilan qaytgan (2012 yil, 0:0). Mehmonda 4ta gol urgan va 30ta gol o'tkazib yuborgan.
"Bunyodkor" 10ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. "Andijon" esa 6ta bahsdan beri mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q.
Sizningcha, bugun kimning qo'li baland keladi?


