"Andijon" "Arqadag'"ga qarshi qanday libosda maydonga tushishi ma'lum qilindi
Sherzod Nurmatov
25 noya 2025, 15:37
OCHL 2 doirasidagi "Andijon" – "Arqadag'" o'yini oldidan ikkala klub vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Unda tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi va kerakli maslahat hamda tavsiyalar berildi. Qayd etilishicha, andijonliklar qizil, raqib jamoa esa ko'k formada maydonga tushadi.
"Andijon" – "Arqadag'" bellashuvi 26 noyabr kuni 18:45 da boshlanadi.