

"Bir paytlar ideal bo'lgan "Real" nima uchun shunchalik o'zgarib ketganini tushunyapsizmi?" degan savolga italiyalik mutaxassis shunday javob berdi:
"Futbolda detallar barchasini hal qiladi va shu bilan birga jamoa ichidagi muhit ham o'zgaradi. Gap faqatgina muhitda yoki Toni Kroosning o'rniga Kilian Mbappening kelishida emas. O'sha yili Nacho ham jamoani tark etdi, Dani Karvaxal jarohat oldi, Luka Modrich esa kamroq o'ynay boshladi.
Kiyinish xonasida fantastik muhitni yaratgan eski avlod ketdi va ularning o'rniga o'yinga o'z xarakteri, individualligini olib kiradigan hamda o'rnak bo'ladigan yangi avlod futbolchilari keldi. Bu narsalar bir kechada sodir bo'lmaydi, buning uchun vaqt kerak".
Mbappe va o'tish davri
Anchelotti yangi yetakchilar va jamoaning moslashuv jarayoni haqida qo'shimcha qildi:
"Mbappening kelishi ikkita muhim o'yinchi - Kroos va Nachoning ketishiga to'g'ri keldi va bu muhitni o'zgartirib yubordi. Mbappe 50 ga yaqin gol urib, o'zini fantastik darajada ko'rsatdi va jamoa sovrinlar uchun kurashdi. Chunki futbol mayda detallarga asoslangan. Qachonki siz nimadir o'zgartirsangiz, hammasi ham doim silliq kechavermaydi", - dedi Braziliya terma jamoasi ustozi.



