

O'yin haqida
- Bugun g'alaba qozonishimiz lozim edi. Shunchaki omad bizdan yuz o'girdi. Kelgusi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilaman.
- O'yindagi atmosfera qay darajada edi?
- O'yin atmosferasi yuqori edi. Barcha yigitlarga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman. Takror aytaman, bugun biz g'alaba qozonishimiz kerak edi.
- Eron bilan avval ham to'qnash kelgansizlar. Bugungi va avvalgi o'yin o'rtasida qanday farq mavjud?
- Avvalgisi bilan solishtirganda, bugungi o'yin tempi yuqoriroq edi.
- Sizning golingiz jamoani mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Ushbu gol muallifiga aylangach, ko'z oldingizdan qanday hissiyotlar o'tdi?
- Albatta, o'yindan avval ota-onam, murabbiy, qolaversa, vatanim uchun gol urishni maqsad qilgandim va bunga erishdim", dedi o'zbekistonlik futbolchi.



