Amirbek Bakaev Belarusning boshqa bir klubiga o'tdi

Administrator
25 fev 2025
Futbolchi "Energetik-BGU" klubini tark etdi.

Sobiq futbolchi Ulug'bek Bakaevning o'g'li Amirbek Bakaev Belarusning "Sluck-2024" klubiga o'tdi. Amirbek yangi klubi bilan 2025 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi. 

Ma'lumot uchun, Amirbek Bakaev "Energetik-BGU" safida 54 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

Ayni damda "Sluck-2024" klubi Belarus chempionatida to'qqizinchi o'rinda bormoqda.


AdministratorMuallif
Manba: https://vk.com/sfc.slutsk