"Bunyodkor" hujumchisi klub bilan xayrlashdi. U legionerga aylanmoqda

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2024
"Qaldirg'ochlar" forvardi Amirbek Saidov Instagram sahifasida jamoadan ketayotganini bildirdi.


"Hammasi uchun rahmat, sen ("Bunyodkor" – tahr.) doimo mening qalbimda bo'lasan", – deya yozib qoldirdi Saidov.

Futbolchi faoliyatini Serbiya Oliy ligasiga qaytgan "OFK Belgrad" safida davom ettirishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 18 yoshli hujumchi joriy mavsum "Bunyodkor" libosida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia