Legionerlarimiz. Bugun Amirbek Saidov va Oston O'runov jamoalari o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2024
Xorijda to'p tepayotgan legionerlarimizning ikki nafari bugun o'z jamoalarida navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Xususan, Oston O'runov harakat qiladigan "Persepolis" "Istiqlol Xuziston" mehmoni bo'ladi. Hamyurtimizning jamoasi ayni paytda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi. 

Serbiyada ham legionerimiz borligidan xabaringiz bor. Amirbek Saidov o'ynayotgan "Edinstvo" Serbiya kubok 1/32 finalida "Chukarichki"ga qarshi maydonga chiqadi. O'yin 20:00da boshlanadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: